‘A/an’, ‘the’ or ‘no article’? Bed / home / work

Ba’zida ingliz tilida gap tuzish jarayonida artikllarni noto’g’ri ishlatilishi yoki umuman ishlatilmaslik hollarini o’zimizda ko’p bora kuzatishimiz mumkin. Ushbu maqolada, a/an, the, yoki artikl ishlatilmaslik (no article) hollarini bed, home, work, town so’zlari bilan birgalikda ko’rib chiqamiz.

Bed

Ushbu so’zning krovat hamda yotoq kabi ma’nolari mavjud. Biz bu so’zni gapda qo’llagan vaqtimizda artikllarni ishlatish orqali uning ma’nosi o’zgarishini kuzatishimiz mumkin.

Agar biz artikl ishlatmasak, bed so’zi yotoq ma’nosini ifodalaydi, alohida obyekt ya’ni krovat sifatida qaralmaydi.

Misol:

The children are in Ø bed.

She went straight to Ø bed.

(Ø – artikl qo’yilmadi)

Tarjimasi:

Bolalar yotoqda.

U to’g’ri yotoqga bordi.

 

Agar biz obyekt sifatida gapirmoqchi bo’lsak, artikl qo’yamiz.

Misol:

My dress is on the bad in my room.

Tarjimasi:

Mening ko’ylagim xonamdagi krovat ustida turibdi.

Eslatma: Yuqoridagi misolda ‘the’ artikli ishlatildi. Chunki, bunda tinglovchi aniq tushunadiki, aynan xonadagi yotoq ifodalanayotganini.

Misol:

I need to buy a new bad.

Tarjima:

Men yangi krovat sotib olishim kerak.

Eslatma: Keyingi misolda ‘a’ artikli ishlatildi. Chunki, hali olinadigan krovat qandayligi aniq emas.

 

Home

Bu so’z ham ingliz tilida noodatiy so’z hisoblanadi hamda ko’pincha artiklsiz ishlatiladi.

Misollar:

They went Ø home.*

I stayed at Ø home.

Julie works from Ø home.

It’s time to go Ø home.

 

Lucy is at Ø home at the moment.

 

* Eslatma: biz uyga ketmoq ma’nosini ifodalashda ‘to’ predlogidan foydalanmaymiz. (‘ go to home’ Ø ).

 

Tarjimasi:

 

Ular uyga borishgandi.

Men uyda qolgandim.

Julie uyidan ishlaydi.

Uyga ketishning ayni vaqti.

Lucy ayni damda uyda.

 

Agar biz home so’zini kimningdir turar joy binosi ma’nosida ishlatmoqchi bo’lsak, artikllarni odatdagidek ishlataveramiz.

 

Misollar:

We visited the home of John.

 

Tarjimasi:

Biz Johnning uyiga tashrif buyurgandik.

 

Work

Ish ma’nosini ifodalovchi bu so’z ishning turli ko’rinishlariga tegishli bo’lishi mumkin. Aniqrog’i, ish deganda joy hamda qilinadigan ishni ham tushunish mumkin. Artikllarni ishlatilishiga ko’ra esa ma’no quyidagicha o’zgaradi.

 

Agar biz ish joyini ifodalamoqchi bo’lsak, artikl ishlatmaymiz.

 

Misol:

She’s at Ø work.

I arrive at Ø work at nine.

We leave Ø work every day at six.

You should go to Ø work earlier.

 

Tarjimasi:

U ishda.

Men ishga 9 da yetib keldim.

Biz har kuni 6 da ishdan ketamiz.

Siz ishga vaqtliroq borishingiz kerak.

 

Work so’zi sanalmaydigan ot hisoblanadi, ya’ni unga ko’plik shakli bo’lgan ‘s’ qo’shimchasini qo’sha olmaymiz. Shuningdek, bu so’zni a/an artikllari bilan ham ifodalab bo’maydi.

Work so’zini proyekt ya’ni ishlanma ma’nosida kelsa va tinglovchiga bu narsa ma’lum bo’lsa the artiklini ishlatamiz.

Misol:

The work I am doing at the moment is very interesting.

 

Tarjimasi:

Men ayni damda qilayotgan ish juda qiziqarli.

 

Eslatma:

Work so’zining istisno holati mavjud bo’lib, musiqa va art ishlanmalari ma’nosida sanaladigan ot ko’rinishida bo’ladi va bunda ‘s’ qo’shimchasini oladi.

Saytdan biror imloviy xatolik topsangiz, uni belgilab Ctrl+Enter. tugmalarini bosing!